Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHI G’OLIBLARI ANIQLANDI

×

 2022-12-02 16:45:24    80

PDF yuklash
Chop etish


Fan olimpiadasining viloyat bosqichi g’oliblari aniqlandi

Ta'lim sohasiga berilayotgan e'tibor samarasi o’laroq, soha rivoji barobarida ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba yoshlarning ham bilim darajasi va dunyoqarashi o’zgarmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan sohaga jahon tajribasini joriy etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ulkan ishlar ham bevosita ta'lim-tarbiya rivojiga o’z hissasini qo’shadi.

Ta'lim muassasalari talabalarining bilim darajasini imtihondan o’tkazadigan sohaviy tanlovlar zamirida ham barkamol avlodning kelajagi mujassam. O’tkaziladigan turli tanlovlar va fan olimpiadalari g’oliblariga imtiyozlar belgilanganligi ham amaldagi islohotlarning ajralmas qismidir.

Kuni kecha viloyatimiz markazi Farg’ona shahrida yuqori sinf o’quvchilari o’rtasidagi fan olimpiadasiningg uchinchi – viloyat bosqichi o’tkazildi va mazkur tanlovning iqtidorli va bilimli ishtirokchilari Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishdi. Quvonalarisi, g’olib bo’lgan talabalar orasida bizning farzandlarimiz ham bor.

Mazkur olimpiadaning tojik tilidan o’tkazilgan bellashuvlarda asosan So’x tumani talabalari g’oliblikni qo’lga kiritdilar. Endi ikki nafar 9 va 10-sinf o’quvchilari oxirgi – Respublika bosqichida qatnashadilar.

Tanlov natijasiga ko’ra, 9-sinf o’quvchilari o’rtasida tojik tilidan birinchi o’rin 28-sonli UO’T maktabi o’quvchisi Ziyoratxon Qodirjonovaga nasib etggan bo’lsa, ikkinchi va uchinchi o’rinlar 19-sonli maktab o’quvchisi Sayohatxon Anvarova va 29-sonli maktab o’quvchisi Gulnora To’ychiyevalarga nasib etdi. 10-sinf o’quvchilari o’rtasidagi bahslarda esa, 2-sonli UO’T maktabi talabasi Sharifaxon Xalifayeva ikkinchi, 29-sonli maktab o’quvchisi Muyassar Sanginboyeva uchinchi o’rinni egallagan bo’lsa, 28-sonli maktab o’quvchisi Shodiyona Sobirjonova o’tkazilgan mazkur olimpiadaning mutloq g’olibiga aylandi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram