Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN MAHALLALARIDA “ZO’RAVONLIKSIZ OILA-FAROVON HAYOT SARI” SHIORI OSTIDA TARG’IBOT TADBIRLARI O’TKAZILMOQDA

×

 2022-12-02 16:43:53    69

PDF yuklash
Chop etish


Tuman mahallalarida “Zo’ravonliksiz oila-farovon hayot sari” shiori ostida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda

Ayni kunlarda Respublikamiz miqyosida “Zo’ravonliksiz oila-farovon hayot sari” shiori ostida 16 kunlik aktsiya o’tkazilmoqda. Mazkur tadbirlar tumanimizning barcha mahalla fuqarolar yig’inlari, korxona-tashkilot va muassasalarda jamoatchilikning faol ishtirokida bo’lib o’tyapti.

 

Mazkur aktsiya O’zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni ijrosini ta'minlash maqsadida 25 noyabrdan 10 dekabrgacha o’tkaziladi. Bu bo’yicha tuman hokimligining oila va xotin-qizlar bo’limi tomonidan targ’ibot-tashviqot rejasi va chora-tadbirlari tuzilgan.

 

Jumladan, tumanimizning Hushyor mahalla fuqarolar yig’inida ham “Zo’ravonliksiz oila-farovon hayot sari” shiori ostida yig’ilish va tadbir o’tkazildi. Bo’lib o’tgan tadbirda mutassaddi tashkilot vakillari tomonidan xotin-qizlar xuquqini ximoya qilish borasida savol javoblar tashkil etilib kerakli maslahatlar berildi.

 

Tadbirda ishtirok etganlarga mavzu bo’yicha tayyorlangan film va roliklar namoyish etildi. Mazkur aktsiya doirasidagi tadbirlar tumanimiz uzra muntazam o’tkazilmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram