MOBIL-ID TIZIMI YORDAMIDA IDENTIFIKATSIYADAN O’TISH
2022-11-30 17:29:33 322
Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan o’tish
Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan o’tish uchun fuqaro tomonidan bevosita Markaz yoki notarial idoraga murojaat qilinganda shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli taqdim etiladi hamda Markaz yoki notarial idora xodimi tomonidan fuqaroning yuzi raqamli formatda rasmga tushiriladi, elektron shaklda qo’l barmog’i izi olinadi va mobil telefon raqami YaIDXPdagi shaxsiy kabinetga bog’lanadi.
Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan o’tish uchun fuqaro tomonidan YaIDXPning mobil ilovasidan foydalanilganda masofadan biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) usuli yoki ID-kartadagi elektron raqamli imzo qo’llaniladi hamda mobil telefon raqami YaIDXPdagi shaxsiy kabinetga bepul bog’lanadi;
bevosita Markazlar yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilish 2022 yil 31 dekabrga qadar to’lov undirilmasdan, 2023 yil 1 yanvardan boshlab bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida bir martalik to’lov undirilgan holda amalga oshiriladi.
Mobil-ID tizimi foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qo’llamagan holda barcha davlat xizmatlaridan (bundan kreditlash sohasida ko’rsatiladigan moliyaviy xizmatlar mustasno) foydalanishi mumkin;
fuqaroning YaIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladigan barcha xabarnomalar uning xohishiga ko’ra va belgilangan to’lovlar asosida Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyalangan mobil telefon raqamiga SMS-xabar shaklida yuboriladi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi O’zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni Mobil-ID tizimida identifikatsiyalash tartibi to’g’risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlandi:
foydalanuvchilarni o’z xohishiga ko’ra davlat xizmatlari markazi yoki notarial idora tomonidan (fuqaroning yuzini raqamli formatda rasmga tushirish, elektron shaklda qo’l barmog’i izini olish) yoxud YaIDXPning mobil ilovasi (fuqaroni masofadan biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) usuli yoki ID-kartadagi elektron raqamli imzoni qo’llagan holda ma'lumotlarni tasdiqlash) orqali identifikatsiyalash tartibi.
Abdumanof Umridinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat
xizmatlari markazi sho’'ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram