Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SARIBOZORCHA MAHALLASINING ICHKI KO’CHALARIDA MANZILLI DASTUR DOIRASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

×

 2022-11-30 17:27:19    64

PDF yuklash
Chop etish


Saribozorcha mahallasining ichki ko’chalarida manzilli dastur doirasida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda

        So’x tumanida ayni kunda “Obod qishloq” davlat dasturi va manzilli dasturlar doirasida keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Albatta, qilinayotgan har bir amal zamirida xalqimiz manfaati mujassam.

        Mutasaddilarning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan Qal'acha va Chashma mahallasida dastur doirasida salkam 10 kilometr yo’llarga beton qoplamasi yotqizilib, 1 kilometr ichki yo’llar asfalt qilingan va 3 kilometr yo’llarga shag’al qoplamasi yotqizilgan.

        Ma'lumotlarga ko’ra, mazkur mahallalar ichki ko’chalarining qolgan qismida ham obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Ayni kunda Saribozorcha mahalla fuqarolar yig’ini ichki ko’chalarida ham qo’shimcha dastur asosida betonlashtirish va shag’allashtirish ishlari olib borilmoqda. Mahallaning ichki ko’chalarida bugun ushbu yo’nalishda ishlar qizg’in kechayotir.

        Mahalla raisi Valijon Ergashevning ma'lumotiga ko’ra, mahallaning “Quvvi” ko’chasida betonlashtirish ishlari ayni kunda oxiriga yetmoqda. Mazkur ko’chaning umumiy uzanligi 1,5 kilometrni tashkil etadi. Shuningdek, mahallaning “Shitobon” ko’chasi ham bugun shag’allashtirilmoqda. 700 metr masofadagi ushbu ko’chada ham dastur asosida ishlar davom etyapti.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram