Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KONSTITUTSIYA - INSON HUQUQLARI VA SHAXS ERKINLIGI KAFOLATI

×

 2022-11-30 15:33:10    363

PDF yuklash
Chop etish


Konstitutsiya - inson huquqlari va shaxs erkinligi kafolati

 

Inson hayotga kelib, o’zini anglay boshlabdiki, faqat bir narsaga intiladi.

 Bu - erkinlikdir.

 Erkinlik aslida insonning o’z xohish-istagi, mayllari, ehiyoji bo’yicha faoliyat yuritishga undaydigan holatdir.

Odatda erkinlik u yoki bu jamiyatning huquqiy hujjatlarida, birinchi navbatda o’sha mamlakatning Konstitutsiyaviy qoidalari bilan ta'minlanadi.

Shuning uchun, shaxs erkinligi va inson huquqlari tushunchalari ham bir-biri bilan juda uyg’undir. Inson huquqlari - kishilarning insoniylik shanu-sharafiga munosib tarzda yashashi va faoliyat olib borishi lozim bo’ladigan haq-huquqlar majmuini ifoda etadigan tushuncha. Bu huquqlar tabiiy huquqlar va davlat tomonidan qonuniy asosda kafolatlanadigan huquqlarga bo’linadi. Tabiiy huquqqa yashash huquqini misol qilib keltirish mumkin. Davlat tomonidan kafolatlanadigan huquqlarga saylov huquqi, bilim olish huquqi, nafaqa olish huquqi kabi insoniy huquqlar kiradi.

Yuqorida ta'kidlagan inson huquqlari va shaxs erkinligini taminlaydigan eng oliy hujjat – Konstitutsiya hisoblanadi. 1992 yil         8-dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tom ma'noda inson huquqlarini, shaxs erkinligini taminlaydigan, uni kafolatlaydigan bosh Qonun sanaladi.

Konstitutsiyamizning “Muqaddima” qismida mamlakatimizda barpo etilayotgan jamiyat insonparvar demokratik huquqiy davlat ekanligi alohida ifodalangan. Demak, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy bosh maqsadi – mamalakatimizda demokratiya tartibotini o’rnatish, jamiyatda bosh qomusimiz va qonunning ustuvorligi ta'minlash, inson

va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari, burchlarini belgilab berish kabilardan iborat.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 2021 yil 8 fevral kungi “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida”gi O’RQ-671-sonli Qonuni bilan o’zgartish va qo’shimchalar kiritish belgilandi.

Mazkur qonun bilan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning       107-moddasining birinchi qismi yangi tahrirda quyidagicha bayon etildi: “O’zbekiston Respublikasida sud tizimi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo’yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tumanlararo ma'muriy sudlardan iboratdir”.

O’zbekistonda inson haq-huquqlarini himoya qilishning kafolatlangan tizimi shakllandi. Bu shubhasiz, asosiy qomusimiz – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tufaylidir.

Asosiy qomusimiz o’zida inson, oila, jamiyat davlat manfaatlarini o’yg’unlashtira olganligi sababli barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarni samarali muvaffaqiyatli bo’lishini huquqiy jihatdan qafolatlab kelmoqda.

Xususan, “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi                PF-6034-sonli Farmoni sud tizimidagi islohotlarga tubdan burilish yasadi desak mubolag’a bo’lmaydi.

 

 

                         Umidjon Ergashev - Rishton tumanlararo iqtisodiy

sudining raisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram