SO’X TUMANI VA BATKEN TUMANI HOKIMLIGI VAKILLARINING UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI
2022-11-29 17:17:46 156
So’x tumani va Batken tumani hokimligi vakillarining uchrashuvi bo’lib o’tdi
Aytish lozimki, davlatimiz rahbarining odilona siyosati tufayli qo’shni davlatlar bilan o’rnatilayotgan hamkorlik rishtalari xalqlarimiz manfaatiga xizmat qilayotir. Bugungi kunda anklav tumani hisoblangan So’x tumanining qo’shni Qirg’iziston respublikasi tumanlari bilan mustahkam hamkorlik aloqalari o’rnatilgan. Har bir masala va chegaradagi muammolar o’zaro, kelishligan tartibda hal va bartaraf etilishi hamkorlik munosabatlari mustahkamlanayotganidan dalolatdir.
So’x tumani Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi chegara o’tkazish nazorat punktida bo’lib o’tgan navbatdagi uchrashuvda qo’shni Qirg’iziston Respublikasining Batken tumani hokimligi va So’x tumani hokimligi vakillari ishtirok etdilar. Batken tumani vakillari mazkur tuman hokimi U. Jorobayev boshchiligida tumanimizga tashrif buyurishdi va mehmonlarni tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshqa mutasaddi rahbarlar bilan chegarada kutib oldilar.
O’zaro samimiylik ruhida bo’lib o’tgan uchrashuvda tomonlar amaldagi hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlash, mavjud suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, chegara hududlari - aniqlanmagan hududlarda o’zboshimchalik bilan ish qilmaslik, barcha yumush va amallar kelishilgan holda bajarilishiga kelishib oldilar va qilinishi lozim bo’lgan ishlar bo’yicha maslahat qildilar. Bunday uchrashuvdan asosiy maqsad – ikki davlat rahbari asos solgan do’stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashdan iborat.
Uchrashuv chog’ida Farg’ona viloyati hokimligi huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favquloda vaziyatlar masalalari guruh rhbari Yusufbek Kamolov va Qirg’iziston tomonidan Batken viloyati gubernatori o’rinbosari M. Tulayevlar ishtirok etdilar. O’zaro do’stona ruhda tashkil etilgan uchrashuv samimiylik bilan o’z poyoniga yetdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram