Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ASOSIY MAQSAD – JAMIYATDA SOG’LOM TURMUSH TARZINI TARG’IB QILISH

×

 2022-11-29 17:15:53    145

PDF yuklash
Chop etish


Asosiy maqsad – jamiyatda sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish

Jamiyatda sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishda ichki ishlar organlari xodimlarining hissasi ham beqiyosdir. Buni tashkil etilib, o’tkazilayotgan turli tadbirlar – uchrashuv va davra suhbatlar misolida ko’rishimiz mumkin.

Tuman ichki ishlar bo’limi tashabbusi bilan navbatdagi tadbir Lenbur mahallasidagi yangi ochilgan oilaviy shifokorlik punktida bo’lib o’tdi. Tadbirda ishtirok etgan tibbiyot sohasi xodimlariga o’z joniga qasd-suiqasd (suitsid)larni sodir etilishi va oldini olish bo’yicha ma'lumotlar berildi.

So’x tumani ichki ishlar bo’limi JXX HPB HQMB katta inspektori, podpolkovnik Shahnoza Shodmonova tomonidan tumandagi barcha OShPlarda vrach va patronaj xamshiralar ishtirokida ushbu yo’nalishda xududlarda xizmat olib boruvchi patronaj xamshiralarga zaruriy topshiriqlar berilib, tadbir davomida ularning huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida “O’z huquqingizni bilasizmi?”, “Biz zo’ravonlikka qarshimiz”, “Oila ajrimiga qarshi birgalikda kurashamiz”, “Siz qonun himoyasidasiz”, “Ayol-e'zozda” mavzularidagi bukletlar tarqatildi. Tadbir ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Tadbir davomida hukumatimiz tomonidan chiqarilayotgan qonun, qaror va farmoyishlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shahnoza Shodmonovaning ma'lumotiga ko’ra, bunday tadbirlar tumandagi barcha OShPlarda o’tkazilishi belgilab qo’yilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram