Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

60 YOSHGA KIRGANDA YOSHGA DOIR PENSIYA OLASIZ

×

 2022-11-29 17:14:41    130

PDF yuklash
Chop etish


60 yoshga kirganda yoshga doir pensiya olasiz

        Savol: Mehnat stajim 4 yil, yoshga doir pensiyaga chiqa olmadim, qachon chiqa olaman?

        Javob:  O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrdagi “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to’g’risida”gi Qonunining 7- moddasiga asosan ayollar 55 yoshga to’lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo’lgan taqdirda yoshga doir pensiya olish huquqiga ega.

        Shuningdek, ushbu Qonunning 8-moddasiga asosan Pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo’lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37- moddasi birinchi qismining  “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil ish staji mavjud bo’lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi, deb belgilangan.

        Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi 107 -sonli Qaroriga asosan tasdiqlangan 2-ilovadagi Nizomning 5.6-bandlariga ko’ra, ish stajiga ega bo’lmagan va 7 yildan kam ish stajiga ega bo’lgan shaxslar-ayollarga 60 yoshga kirganda yoshga doir nafaqa tayinlanadi, deb belgilangan.

        Shunga ko’ra 60 yoshga kirganingizda yoshga doir nafaqaga chiqishingiz mumkin.

 

        O’ktamjon Ergashev - So’x tuman yuridik xizmat

                                             ko’rsatish markazi boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram