TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASI TUG’RUQXONA BO’LIMIGA YANGI MUDIR TAYINLANDI
2022-11-26 16:37:59 130
Tuman tibbiyot birlashmasi tug’ruqxona bo’limiga yangi mudir tayinlandi
Respublikamizda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida inson manfaati, uning qadri va hayoti mujassamligi hech kimga sir emas. Zotan, inson qadri, qimati, manfaati va salomatligi bizning davlatchiligimizda eng oliy qadriyat sanaladi.
Sir emas, tuman tibbiyot birlashmasida mana 5 oydirki, akusher-ginekolog vazifasi vakant bo’lib, qilingan sa'y-harakat va berilgan e'tibor tufayli tuman tibbiyot birlashmasi tug’ruq bo’limiga yangi akusher-ginekolog tayinlandi. Ushbu vazifaning vakant bo’lganligi aholi o’rtasida ko’p norizochilklarga ham sabab bo’lib, tumandagi tug’ruq yoshida bo’lgan ayollar asoan Farg’ona viloyatidagi perinatal markaziga murojaat etishar va ko’p mablag’ sarflab, viloyat markaziga borib kelishar edi. Endi ushbu muammo hal etildi.
Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’i Usmonjon Mamadaliyevning bizga taqdim etgan ma'lumotiga ko’ra, oliy ma'lumotli, ordinaturani tugatgan, 2-toifali akusher-ginekolog Nozima Akbaraliyeva tuman tug’ruqxona bo’limiga mudir etib tayinlandi. Yangi rahbar fa'oliyatiga barcha aholi nomidan muvaffaqiyat tilaymiz!
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram