"SOG’LOM HAYOT UCHUN 5000 QADAM" YURISH MARAFONI O’TKAZILDI
2022-11-26 16:31:02 136
"Sog’lom hayot uchun 5000 qadam" yurish marafoni o’tkazildi
Bugun So’x tumanidagi “Istiqlol” mahallasida aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish va sportni ommaviyligini ta'minlash maqsadida “Sog’lom hayot uchun 5000 qadam” loyihasi doirasida ommaviy yurish marafoni o’tkazildi. Mazkur sport tadbirini qo’llab-quvvatlagan yoshlar unda faollik bilan qatnashdilar.
Sarikanda mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Dodohayit Hasanovning ma'lumotiga ko’ra, o’tkazilgan ushbu sport marafonida tuman hokimi o’rinbosarlari, korxona-tashkilot rahbarlari, yoshlar yetakchilari va sarikandalik yoshlar ham ishtirok etishdi. Albatta, mazkur sport tadbiri aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etishga asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.
Ishtirokchilar tumandagi “Amir Temir” ko’chasidan “Do’stlik” bog’i oldigacha bo’lgan masofani piyoda bosib o’tdilar. Marafon ishtirokchilari “Yoshlar” istirohat bog’ida ertalabki badantarbiya mashqlarini bajardilar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram