Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI TO’G’RISIDA QONUNI

×

 2022-11-26 16:27:43    257

PDF yuklash
Chop etish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING  2022 yil 8 avgustda qabul qilingan O’RQ-788-sonli

 

DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI TO’G’RISIDA QONUNI

 

 Mazkur qonunning asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:

davlat organi — Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro’yxatiga kiritilgan davlat hokimiyat vakolatlariga ega bo’lgan tashkiliy jihatdan alohida tuzilma;

davlat fuqarolik xizmati — davlat xizmatining bir turi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining davlat fuqarolik xizmati lavozimlaridagi davlat organlari vakolatlari amalga oshirilishini ta'minlashga doir haq to’lanadigan kasbiy faoliyatini ifodalaydi;

davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetentsiyasi — davlat organining vakolatlarini lozim darajada amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilimlar, malakalar va ko’nikmalar majmui;

davlat fuqarolik xizmati lavozimi — davlat organining vakolatlarini amalga oshirish uchun Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reestriga kiritilgan lavozim;

Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari — davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan rioya etilishi shart bo’lgan odob-axloq normalari majmui;

malaka talablari — davlat fuqarolik xizmatining muayyan malaka darajasi berilishi va (yoki) davlat fuqarolik xizmatining muayyan lavozimini egallash uchun talabgor bo’layotgan nomzodlarga nisbatan davlat organi tomonidan belgilanadigan, ish tajribasiga va kasbiy kompetentsiyasiga doir talablar.

Qonunning qo’llanilish sohasi

Ushbu Qonunning amal qilishi Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reestriga kiritilgan lavozimlardagi davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi.

Ushbu Qonun:  

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining va Senati a'zolarining, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi hamda boshqa mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati devonlari xodimlarining, O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a'zolarining, sudyalarning va sud tizimi xodimlarining, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi a'zolarining, prokuratura, ichki ishlar, mudofaa ishlari, favqulodda vaziyatlar, O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati organlarida xizmatni o’tayotgan davlat xizmatchilarining, shu jumladan harbiy xizmatchilari uchun amal qiladi.

Mazkur qonun:

davlat organlarining texnik, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish xodimlarining faoliyatiga, diplomatiya xizmati xodimlariga va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

      O’ktamjon Ergashev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram