Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

G’AZNOV MAHALLASIDAGI ICHKI KO’CHALARDA MANZILLI DASTUR ORQALI BETONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

×

 2022-11-21 17:43:23    142

PDF yuklash
Chop etish


G’aznov mahallasidagi ichki ko’chalarda manzilli dastur orqali betonlashtirish ishlari olib borilmoqda

Barchamizga ma'lumki, 2022 yil 25 oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 408-sonli «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori qabul qilingan bo’lib, ushbu qaror asosida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida bizning tumanimizda ham amaliy ishlar olib borilyapti. Bugun biz G’aznov mahallasida bo’lib ayni ushbu qaror asosida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari ustidan chiqdik.

Mahalla raisining ma'lumotiga ko’ra, yuqoridagi qaror asosida G’aznov mahallasida umumiy qiymati salkam 5 milliard so’m bo’lgan ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Mahaladagi “Toshmazor” ko’chasini betonlashtirish ishlariga 600 million so’m mablag’ yo’naltirilgan. Uzunligi salkam 1 kilometr bo’lgan ichki ko’chalarni betonlashtirish “Xushbaxti Suhrobzod” xususiy korxonasi zimmasiga yuklatilgan. Bugungacha quruvchilar zimmadagi ishlarni qariyb oxiriga yetkazib bo’ldilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram