O’RGANISHLARDAN AOSIY MAQSAD MUAMMO VA KAMCHILIKLARNI ANIQLASH, HUDUD OBODONCHILIGI VA FUQAROLAR MUSHKULINI OSON QILISHGA QARATILGAN
2022-11-21 17:37:41 126
O’rganishlardan aosiy maqsad muammo va kamchiliklarni aniqlash, hudud obodonchiligi va fuqarolar mushkulini oson qilishga qaratilgan
Mahallalarda olib borilayotgan o’rganish ishlari va xatlov ayni kunda tumanimizning barcha hududlarida izchillik bilan davom etmoqda. Tumandagi 27 ta mahalla fuqarolar yig’inlarida ushbu yo’nalishda fa'oliyati yo’lga qo’yilgan “beshlik” o’zaro hamkorlikda ish olib borishyapti.
Navobod mahalla fuqarolar yig’inida ham mahalla raisi boshchiligidagi ishchi guruh “mahalabay” tizimi orqali xonadonbay, mahalla hududida manzilli o’rganish ishlarini amalga oshirishayotir. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga alohida yondoshilmoqda.
Mahallaning hokim yordamchisi Ma'murjon Bobomirhisenovning so’zlariga ko’ra, mazkur o’rganishlarni olib borishdan asosiy maqsad fuqarolar bilan manzilli ishlash va albatta hudud muammolarini aniqlashga qaratilgan. – Uylaymanki, ushbu qilinayotgan harakatlar amaliy ishlar orqali xalqimizning ko’nglida berilayotgan e'tiborga nisbatan ishonch hissini yanada kuchaytiradi, - deydi Navobod mahalla fuqarolar yig’ini hokim yordamchisi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram