AHOLI MUAMMO VA KAMCHILIKLARINI O’RGANISH ISHLARI DAVOM ETYAPTI
2022-11-19 16:02:38 132
Aholi muammo va kamchiliklarini o’rganish ishlari davom etyapti
Hududlarda aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularni imkoniyat doirasida bartaraf etish bo’yicha olib borilayotgan ishlar o’zining samaralarini berayotir. Bunda “Mahallabay” tizimi orqali amalga oshirilayotgan ishlar ayniqsa, natijali bo’lmoqda.
Devayron mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Qahramon Orifjonov so’zlariga ko’ra, bugun ushbu mahallada ham tizimda fa'olyaiyat olib borayotgan mutasaddilar ishtirokida o’rganish olib borilyapti. O’rganishlar jarayonida har bir xonadonga bevosita kirib borilyapti.
Devayron mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqarolarga davlat rahbari tomonidan berilayotgan e'tibor doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma'ulmotlar berilyapti. O’rganish natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, hali mahallada qilinadigan ishlar talaygina.
- Har bir xonadonga kirib borgan mas'ul xodim albatta, xonadon egalari bilan individual suhbat o’tkazishi va ularning dardiga quloq tutishi lozim. Agar har bir mutasaddi aholi muammolariga mas'uliyat bilan yonddoshsa, bizni qiynayotgan har bir kamchilik va muammo albatta bartaraf etiladi, - deydi mahallaning yoshlar yetakchisi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram