MUROJAATLAR O’RGANILMOQDA
2022-11-19 15:46:04 135
Murojaatlar o’rganilmoqda
So’x tumani hokimi, 1-sektor rahbari Sayidbahrom Sayidmusayev tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo’yicha navbatdagi qabul o’tkazildi.
Mazkur qabulda jami 11 nafar fuqarolarning murojaatlari ko’rib chiqildi.
Qabul davomida tadbirkorlik, uy-joy, moddiy yordam, sog’liqni saqlash, gaz, elektr va boshqa turli masalalar bo’yicha murojaatlar ro’yhatga olinib 2 nafar fuqaroga qabul jarayonida moddiy yordam berildi, 3 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi.
Qolgan murojaatlarni o’z muddatlarida ijrosini ta'minlash bo’yicha tegishli tashkilot va muassasa rahbarlariga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram