NURONIYLAR – FRONT ORTI MEHNAT FAXRIYLARIGA EHTIROM KO’RSATILDI
2022-11-19 15:34:38 154
Nuroniylar – front orti mehnat faxriylariga ehtirom ko’rsatildi
Keksa-nuroniy otaxon va onaxonlar, mehnat faxriylari holidan xabar olish va ularga hurmat-ehtirom ko’rsatishdek oliy fazilat bizning xalqimizga xos. Shuning uchun, kattalarga ehtirom ko’rsatish, yoshi ulug’ insonlarga nisbatan izzatda bo’lish va ular holdidan xabar olish kabi amallar xalqimizning kundalik yumushiga aylanib qolgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 167-sonli qarori ijrosi yuzasidan “Nuroniy” jamg’armasi viloyat bo’limi mablag’lari hisobidan front orti mehnat faxriylarini rag’batlantirish bo’yicha bizning tumanimizda ham amaliy ishlar olib borilyapti. Tuman mahalla va nuronyilarni qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Abdushukur To’raboyevning ma'lumotiga ko’ra, tumanimizning sektorlari kesimida moddiy rag’batlantirish maqsadida 35 nafar nuroniylarning ro’yixati tuzilib, belgilangan mablag’lar har bir nuroniyga manzilli yetkazib berildi.
Devayron mahallasida yashovchi, 1928 yilda tug’ilgan nuroniy momo – Narziniso Madibragimova xonadonida bo’lgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev onaxon bilan suhbatlashdi. Xastalik tufayli yostiqqa mixlanib qolgan momoning holidan hudud patronaj hamshiralari har doim xabar olib turishadi va tuman hokimi ham onaxonga muntazam tibbiy ko’mak ko’rsatish yuzasidan mutasaddilarga ko’rsatmalar berdi va onaxonga bir martalik pul mablag’larini taqdim etdi.
1-sektor hududidan yana 6 nafar nuroniylar – Tuxtabibi Jalolova, Habibaxon Teshayeva, Enaxon Boboislomova, Toshxon Boboyeva, Zaynabpocho Qurbonova, Umarali Boboyevlarga mana shunday bir martalik pul mablag’lari manzilli yetkazib berildi. Albatta, bunday xayrli amallar va ko’rsatilayotgan e'tibor inson qadrini ulug’lashga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram