Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BAYROG’IM - FAXRIM!

×

 2022-11-18 16:18:30    67

PDF yuklash
Chop etish


BAYROG’IM - FAXRIM!

        O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’ining qabul qilinishiga 31-yil to’lganligi munosabati bilan tumanimizning barcha hududlarida turli xil tadbirlar tashkil etilib, o’tkazildi.

        Chashma mahallasidagi 11-sonli UO’T maktabida sanaga bag’ishlab tantanali tadbir o’tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan O’zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi Farg’ona viloyati qo’riqlash boshqarmasi So’x tumani qo’riqlash bo’limi xodimlari barcha ishtirokchilarni bayram munosabati bilan tabriklab, mustaqillikning ramzlaridan biri bo’lgan davlat bayrog’i haqida gapirib, bayroq milliy davlatchiligimizda alohida o’rin tutishi, Davlat Bayrog’i xalqning, millatning faxri va iftixori ekanligini alohida ta'kidladi.

        Tantanali tadbirda maktab o’quvchilari, yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda yosh iste'dodlar tomonidan Vatan va uning ramzlarini ifoda va tarannum etuvchi she'rlar ijro etildi.

                So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram