EHTIYOJMAND FUQAROLARGA “MAHALLA” XAYRIYA JAMOAT FONDI HISOBIDAN 140 MILLION SO’MDAN ORTIQ MABLAG’ SARFLANDI
2022-11-18 15:38:35 272
Ehtiyojmand fuqarolarga “Sahovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan 140 million so’mdan ortiq mablag’ sarflandi
Aholi muammolarini o’rganish va aniqlangan muammolarning yechimi yuzasidan qilinayotgan amaliy ishlar fuqarolarimizning haqli ravishdagi roziligiga sabab bo’layotir. Ayniqsa, tumandagi “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi tomonidan ehtiyojmand fuqarolarga berilayotgan moddiy yordam xalqimizning og’irini aancha yengil qilmoqda.
Tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidovning ma'lumotiga ko’ra, jamg’arma hisobidan o’nlab ehtiyojmand fuqarolarga amaliy ko’mak ko’rsatildi. Belgilangan hujjatlar asosida berilayotgan mablag’lar aksariyat fuqarolarimizning hayotini saqlab qolishga sabab bo’lyapti, chunki aksariyat berilayotgan mablag’lar tibbiyot sohasiga yo’naltirilmoqda.
So’x mahalla fuqarolar nig’ini “Obishir” ko’chasi, 8-uyda yashovchi, “Temir daftar” ro’yixatiga kiritilgan fuqaro Saidov Zohirjon Boltayevichning murojaati o’rganilib, “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisob rakamidan jarrohlik amaliyotini o’tkazish uchun “BIOTEST MEDICAL" MChJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan 27 million so’m o’tkazib berildi.
Mulgon mahallasi “Iftixor” kuchasida yashovchi, tibbiy himoyaga muhtoj fuqaro Hamidaxon G’aybulloyevaning sog’ligini tiklash uchun shartnoma asosida 2 850 ming so’m, Chashma mahallasi “Tariq” ko’chasida yashovchi fuqaro Mamanazar Nuraliyevning jarohlik amaliyotini o’tkazish uchun shartnoma asosida 30 million so’m, G’aznov mahallasida yashovchi fuqaro Alxamjon Hamroaliyevga 16 million 940 ming so’m mablag’ shartnoma asosida “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisob raqamidan o’tkazib berildi.
Shuningdek, “Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshidagi "Saxovat va ko’mak" jamg’armasidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan oilalar murojaatlarini o’rganib, Hazrati Ali mahallasi “Hazrati Ali” ko’chasida yashovchi Z. Aminovaning xorijga chiqish fuqarolik pasportining to’lovi uchun 300 ming so’m, Guliston mahalalsida yashovchi 2-guruh nogironi Doston Isoqovga 500 ming so’m, Tul mahallasi, “Soxibkor” ko’chasida yashovchi Sabriniso So’fiyevani Hindistonga yuborish uchun 2 million so’m mablag’ moddiy yordam sifatida fuqarolarning plastik karta hisob raqamlariga o’tkazib berildi.
Jami bugungi kunga qadar 49 million 790 ming so’m mablag’ shartnomalarda ko’rsatilgan manzillarga “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisob raqamidan o’tkazib berildi. Bugungi kunga qadar 8 nafar bemorlarimizga 140 million so’mdan oshiqroq mablag’ manzilli sarflandi. Bemorlarimizga shifo bersin.
So’x tumani hokimligi Ahborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram