Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"E-HUQUQSHUNOS" ELEKTRON TIZIMI VA BBIT XIZMATI BO’YICHA SEMINAR TASHKIL ETILDI

×

 2022-11-18 15:36:09    517

PDF yuklash
Chop etish


"E-huquqshunos" elektron tizimi va BBIT xizmati bo’yicha seminar tashkil etildi

Mamlakatimizda keyingi yillarda aholi va tashkilotlarga yuridik xizmat ko’rsatib, huquqiy bilimini mustahkamlash hamda sohani yanada takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Prezidentimizning joriy yil 29 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko’rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ham bu boradagi ishlar samaradorligini yangi bosqichda oshirishga xizmat qilmoqda.

Mazkur qarorga muvofiq shu yilning 1 oktyabridan respublikamizning barcha hududiy adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat ko’rsatish markazlari faoliyati yo’lga qo’yilib, davlat tashkilotlariga yuridik xizmat ko’rsatish bilan bog’liq ma'lumot va jarayonlarni elektron ravishda yig’ish, qayta ishlash, tahlil qilish imkonini beruvchi "E-huquqshunos" elektron tizimi joriy etildi.

Shuning uchun, joylarda ushbu elektron tizimni barchaga yetkazish maqsadida turli tadbir va uchrashuvlar o’tkazilayotir. Mazkur masalaga bag’ishlangan seminar tuman MTT bo’limida bo’lib o’tdi.

Seminar davomida So’x tumani yuridik markaz bo’limi mas'ul xodimi Uktamjon Ergashov tomonidan qonunchilikdagi yangilikar haqida to’liq ma'lumot berildi va  "E-huquqshunos" elektron tizimi bo’yicha ham tadbir ishtirokichlari kerakli ma'lumotlarni oldilar. Tadbir davomida maktabgacha ta'lim sohasiga kiritilayotgan elektron tizim yangiliklari ham tushuntirildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi "Bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to’g’risida"gi 244-son qarori – BBIT tizimi haqida ham barcha mutasaddilarga ma'lumotlar berildi. Bu tizim bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga qabul qilish navbatini tekshirish tizimi nomlanadi va bu bo’yicha tadbir ishtirokchilari tuman maktabgacha ta'lim bo’limi mudiri Gulnoz Usmonovadan kerakli ma'lumotlarni oldilar. Mazkur xizmat orqali Siz ariza raqamingizni kiritib, farzandingizni davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga qabul qilish navbati holati haqida ma'lumot olasiz.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram