Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“DOLZARB 40 KUNLIK” DOIRASIDAGI ISHLAR IZCHILLIK BILAN DAVOM ETMOQDA

×

 2022-11-17 17:03:22    57

PDF yuklash
Chop etish


“Dolzarb 40 kunlik” doirasidagi ishlar izchillik bilan davom etmoqda

        Tumanimiz miqyosida bugungi kunda daraxt va buta ko’chatlarini ekish bo’yicha “dolzarb 40 kunlik” doirasida ishlar olib borilayotgan bo’lib, bu ishga barcha hududlarda aholi birdek ishga kirishgan. Mahallalarga yetkazib berilgan barcha turdagi mevali va manzarali daraxtlar ko’chatlari belgilangan hududlarga ekilayotir.

        Navobod mahalla fuqarolar yig’ini hokim yordamchisi Ma'murjon Bobomirhisenovning bizga taqdim etgan ma'lumotlariga ko’ra, ayni kunda mazkur mahallada ham daraxt ekish bo’yicha e'lon qilingan “dolzarb 40 kunlik” doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

        Hokim yordamchisi so’zlariga asosan, daraxt ekish bo’yicha tashkil etilgan amaliy ishlarda barcha fuqarolar faollik ko’rsatishayotir. Mahallaning “Sholikor” ko’chasida manzarali daraxtlar ekildi.    

        Tumanimizda “yashil makon” umumimilliy loyihasi doirasida jami 315 000 dona mevali va manzarali daraxtlar ko’chati ekilishi rejalashtirilgan. Bundan kuz mavsumida 118 000 ming dona va bahor mavsumida 197 000 dona ko’chatlar o’tqazilishi belgilangan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram