Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

15 NOYABRDAN 15 DEKABRGACHA – YONG’IN XAVFSIZLIGI OYLIGI O’TKAZILADI

×

 2022-11-17 09:46:39    164

PDF yuklash
Chop etish


15 noyabrdan 15 dekabrgacha – yong’in xavfsizligi oyligi o’tkaziladi

Respublikamizda joriy yilning 15 noyabridan 15 dekabrigacha qadar yong’in xavfsizligi oyligi o’tkaziladi. Mazkur oylik doirasida barcha hududlarda, korxona-tashkilot va muassasalarda yong’inni oldini olish va unga qarshi kurashga qaratilgan tizimli ishlar olib borilishi ko’rsatib o’tilgan.

Yong’in xavfsizligi oyligi davomida:

— ko’p kvartirali uylar va yakka tartibdagi uy-joylar, bozor, yirik savdo majmualari va aholi ko’p to’planadigan boshqa ob'ektlarda keng qamrovli profilaktik-ogohlantiruv tadbirlari amalga oshiriladi;

— mahallalarda «xonadonbay» tartibida o’tkazilayotgan profilaktik tadbirlar davomida aholi o’rtasida yong’inlar, is gazidan zaharlanish yoki havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog’liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan tushuntirish va targ’ibot ishlari yanada kuchaytiriladi.

So’x tumani favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari ishtirokida 1-sektor hududidagi Devayron mahalla fuqarolar yig’ini hududida profilaktik tadbirlar o’tkazildi. Soha vakillarining bizga bergan ma'lumotlariga asosan hududlarda, aholi yashash xonadonlar va uylar, ijtimoiy soha ob'ektlarida yong’in xavfsizligi oyligi davomida profilaktik tadbirlar o’tkazilmoqda va amaliy ishlar orqali fuqarolarga oylikning mazmun-mohiyati yetkazilyapti.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram