Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALALARDA O’RGANISH ISHLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA

×

 2022-11-17 09:44:42    78

PDF yuklash
Chop etish


Mahalalarda o’rganish ishlari izchil davom etmoqda

Yoshlar muammolarini o’rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.01.2022 yildagi 92-sonli, hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022 yildagi 312-sonli qarorlarini ijrosini ta'minlash maqsadida ayni kunda tumanimiz hududlarida tashkil etilgan komissiya a'zolari ishtirokida o’rganish ishlari olib borilmoqda. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad aholi va hudud muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirishdan iborat.

Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini raisi, tuman Kengashi deputati Subhonali Nishonov boshchiligida So’x tuman 2-sektor rahbari, tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov, So’x tumani hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov, hamda Hazrati Ali mahallasi to’rtligi ishtirokida mahalla idorasi binosida Kengash yig’ilishi o’tkazildi. Yig’ilishda yuqorida keltirilgan qarorlarning mazmun-mohiyatini Kengash a'zolariga tushuntirilib, tashkil etilgan shtab a'zolari va o’rganish ishlariga jalb etilgan Kengash a'zolari tomonidan qarorlar ijrosini ta'minlashda xonadonbay o’rganish ishlari olib borilayotgani ma'lum qilindi.

- Asosiy maqsad yoshlarimizni yot g’oyalardan asrab-avaylab, doimiy ish joy bilan ta'minlab, to’g’ri yo’nalishlar ko’rsatib ularga amaliy yordam berishdan iboratdir. O’rganish ishlari mahallamiz hududida jadallik bilan davom etmoqda, - deydi mahalla raisi Subhonali Nishonov.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram