Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARG’ONA VILOYATI HOKIMI XAYRULLO BOZOROV SO’X TUMANIDA BO’LDI

×

 2022-11-16 17:55:50    47

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov So’x tumanida bo’ldi

        Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, bugun viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga So’x tumanida bo’lib, tumandagi yangi ishlab chiqarish loyihalari, barpo etilgan ijtimoiy ob'ektlar, mahallalarda aholi bandligini ta'minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

        Tashrif davomida:

        Viloyat hokimi Javpaya massivini sug’orishi uchun qurilayotgan suv omoboridagi qurilish jarayonini ko’zdan kechirdi;

        Javpaya massivida o’zlashtirilayotgan yangi yerlarda olib borilayotgan ishlarni ko’zdan kechirib, imkoniyatlardan samarali foydalangan holda yangi qo’shimcha yerlarni o’zlashtirish yuzasidan ko’rsatmalar berdi;

        Javpayada barpo etilgan issiqxonalardagi ish jarayoni bilan tanishib, tadbirkorlar bilan suhbatlashdi va masalaga oid o’zining tavsiya va takliflarini berdi;

        Lenbur mahalla fuqarolar yig’inida qurilgan yangi oilaviy shifokorlik punkti ochilish marosimida ishtirok etdi;

        Viloyat hokimi ishtirokida Hushyor mahalla fuqarolar yig’inida barpo etilgan yangi madaniyat uyi foydalanishga topshirildi;

        Xayrullo Bozorov tumandagi 12494-sonli harbiy qismida olib borilayotga yangi qurilishlar jarayonini ko’zdan kechirdi;

        Istiqlol mahallasida qurilayotgan va qurilishi oxiriga yetayotgan yangi mehmonxonadagi sharoitlarni ko’zdan kechirdi;

        Tuman hokimligi majlislar zalida bo’lib o’tgan yig’ilishda viloyat hokimi boshchiligida tumanda amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi, tumanni obodonlashtirishga qaratilgan yangi loyihalar muhokama etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram