SEKTOR HUDUDIDAGI MUAMMO VA KAMCHILIKLAR O’RGANILMOQDA
2022-11-15 18:19:26 138
Sektor hududidagi muammo va kamchiliklar o’rganilmoqda
Prezidentimizning 2022 yil 25 oktyabrda qabul qilgan 408-sonli “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori xalqimizga har tomonlama qulaylik va yaxshi sharoitlar yaratib berishga qaratilgan. Mazkur qaror asosida respublika hududlarini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog’liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda ichki yo’llar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz ta'minotini, ta'lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma ob'ektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishdek amaliy ishlar bajarilishi belgilangan.
Tumanimizning 4-sektori hududida ham mutasaddilar tomonidan o’rganishlar olib borilib, aholi bilan suhbat va uchrashuvlar natijasiga ko’ra, eng dolzarb bo’lgan muammolarni hal etish bo’yicha manzilli reja ham tuzilgan. Mazkur manzilli rejalar asosida mahallalarda ichki yo’llarni ta'mirlash, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta'minotiga doir muammolar hal etiladi.
So’x tumani 4-sektor rahbari, davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i Farid Turaboyev Guliston mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli hamda yoshlar yetakchisi va hudud profilaktika noziri bilan uchrashib, mahalladagi dolzarb muammolar haqida suhbat o’tkazdi. Mahalla ahli bilan bo’lib o’tgan uchrashuvlarda mahallada amalga oshirilishi lozim bo’lgan muammolar va manzilli rejaga kiritilgan ishlar hususida ma'lumotlar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram