Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 128 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AHOLI MUAMMO VA KAMCHILIKLARI “BESHLIK” HAMKORLIGI ORQALI O’RGANILMOQDA

×

 2022-11-15 18:18:01    130

PDF yuklash
Chop etish


Aholi muammo va kamchiliklari “beshlik” hamkorligi orqali o’rganilmoqda

Ayni kunda tumanimiz hududida aholi muammolarini aniqlash, ularning hal etish choralarini ko’rish, hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan o’rganish ishlari olib borilmoqda. Ushbu amallar mahallaning “beshligi” hamkorligi asosida olib borilayotgani aniqlangan muammolarni tizimli hal etishga asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. So’x tumani Sarikanda mahallasida yoshlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va bandligini ta'minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar ayniqsa, e'tirofga loyiq.

14-noyabr kunidan boshlab mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va bandligini ta'minlash maqsadida o’rganish jarayonlari boshlanib, birinchi kuni 69ta yoshlar muammosi o’rganilib, shuning barobarida xatlovdan o’tkazildi. Amalga oshirilgan o’rganishlar natijasida to’plangan anketa so’rovnomalari to’ldirilgan yoshlar orasidan kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari va bandligi ta'minlanmagan yoshlarga “Yoshlar daftari”ga kiritish uchun tavsiya beriladi.

- Agar sizda ham murojaat bo’lsa, navbat bilan ertaga sizning o’yingizga ham kirib boramiz va sizga qonundan chetga chiqmagan tartibda yordam berilishiga kafolat beramiz. O’rganish natijalari tuman hokimligida tashkil etilgan shtabga taqdim etib boriladi, - deydi tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram