Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 107 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TA'LIM VA TARBIYADA LOQAYDSIZLIK – O’SIB KELAYOTGAN AVLODLAR TAQDIRIGA BEFARQLIKDIR!

×

 2022-11-12 18:07:30    125

PDF yuklash
Chop etish


Ta'lim va tarbiyada loqaydsizlik – o’sib kelayotgan avlodlar taqdiriga befarqlikdir!

Prezidentimizning “Yangi O’zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi” degan so’zlari zamirida katta ma'no va mazmun mujassam. Respublikamizda ta'lim sohasida olib borilayotgan ulkan islohotlar o’sib kelayotgan barkamol avlod kelajagiga qaratilgani va shu mazmunda sohani tubdan takomillashtirish ishlari mujassamligi berilayotgan e'tibor o’rinli va hayot taqozosi ekanligini anglatadi.

Barchamizga ma'lumki, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida haftaning qariyb har bir kuni tumanimiz maktablarida uchrashuvlar tashkil etiladi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad umumiy o’rta ta'lim maktablarida olib borilayotgan ishlarni bevosita o’rganish va uning ijrosini ta'minlashga qaratilgan amaliy ishlarni tashkil etishdan iborat.

Tumanimiz hududidagi maktablarga qilingan tashriflar shuni ko’rsatadiki, So’xning aksariyat ta'lim dargohlarida o’z yechimini topishini kutayotgan muammo va kamchiliklar bor. Bu maktab o’quvchilarining bilim darajasi va o’zlashtirish holatiga ham bevosita bog’liqdir.

Ayni shu masalalarga bag’ishlangan uchrashuvda tuman hokimi ba'zi maktab direktorlari fa'olyatiga tanqidiy baho berib, ushbu so’zlar va tashriflar natijasidan kerakli xulosa chiqarish lozimligini ta'kidladi. Berilayotgan e'tiborga qaramasdan ba'zi ta'lim muassasalarida “eski tos, eski hommom” yo’sinida ish olib borishni nima bilan izohlash mumkin? Tuman hokimi maktab bitiruvchilarining bilim darajasi va o’zlashtirishiga alohida to’xtalib, oliy ta'lim dargohlariga kirish darajasi juda past ekanligini afso’s bilan qayd etdi.

Hatto ba'zi ta'lim dargohlarida oliy ta'lim maktablariga kirish darajasi 5 foizdan ham past ekanligi o’ta mas'uliyatsizlik ekanligi qayd etildi. Tuman halq ta'limi sohasi Respublika miqyosida nimaga past ekanligini ham ushbu ko’rsatgichlar orqali bilish lozimligini tuman hokimi ta'kidladi.

Sohada mas'uliyat bilan ishlash va temir intizomga amal qilish, ba'zi maktab direktorlari fa'oliyatiga tanqidiy baho berish yuzasidan tuman xalq ta'limi bo’limining yangi rahbari Habibjon Jo’rayevga qattiq topshiriqlar berildi. Tuman hokimi yangi rahbar fa'oliti tufayli ta'lim sohasida katta o’zgarishlar bo’lishiga ishonch bildirib, Prezidentimiz berilayotgan e'tiborga nisbatan fa'oliyat olib borish shart va zarur ekanligini ta'kidladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram