PROKUROR MAHALLA AHLI BILAN UCHRASHDI
2022-11-12 18:05:26 138
Prokuror mahalla ahli bilan uchrashdi
Mahallaning obodligi va uning rivoji bevosita sektor rahbariga ham bog’liq. Chunki sektor rahbari o’zining hududida keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari olib borilishiga astoydil harakat qiladi va intiladi.
Aytish lozimki, tumanimiznimng ikkinchi sektori – tuman prokurori sektorida ham o’tayotgan yilning ushbu muddati davomida keng qamrovli obodonlashtirish va qurilish-ta'mirlash ishlari olib borildi. Bu tizimli ishlar mahallalarda fa'oliyat olib borayotgan mutasaddilar va sektor rahbari tashabbusi ostida amalga oshirilgani bilan ham ahamiyatlidir.
Sarikanda mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib o’tgan navbatdagi tadbirda hududda olib boriladigan obodonlashtirish ishlari muhokama etiildi. Bugungi tadbirda tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov ham ishtirok etdi va yig’ilganlarga mahallada tuzilgan manzilli reja asosida olib boriladigan obodonlashtirish ishlariga oid ma'lumot berildi.
Uchrashuvda mahallaning infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 8.5 kilometr bo’lgan ko’chalarni asfaltlash uchun byudjet tomonidan mablag’ ajratilgani haqida tuman prokurori ma'lumot berdi. Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolar o’z muammolari xususida tuman prokuroriga murojaat etdilar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram