TIBBIY-IJTIMOIY XIZMATLARNI RIVOJLANTIRISH BO’LIMI XODIMLARI FAOLIYATIGA TANQIDIY BAHO BERILDI
2022-11-12 18:01:52 121
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo’limi xodimlari faoliyatiga tanqidiy baho berildi
Respublikamizda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish Agentligining fa'oliyati ming-minglab ehtiyojmand, nafaqadagi mehnat faxriylari va ijtimoiy kumakka muhtoj fuqarolarga yordam berish va ularni hamr tomonlma qo’llab-quvvtlash va amaldagi kumakchisi bo’lishga qaratilgan. Tumanimizda ham ushbu Agentlikning bo’limi fa'oliyat olib boradi va ushbu sohada ishlayotgan xodimlar zimmalaridagi vazifalarni sidqidildan bajarishga harakat qilmoqdalar. Mazkur soha vakillari ishtirokda tuman hokimligida tadbir tashkil etildi.
Tuman hokimi ishtirokida bo’lib o’tgan mazkur ochiq muloqotda ijtimoiy soha tarkibiga kiruvchi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo’limi xodimlarining xizmat faoliyati tanqidiy ko’rib chiqildi. Tumanda mahalla fuqarolar yig’inlari kesimida bugungi kunda mavjud 115 nafar yakka yolg’iz va I-II guro’h imkoniyati cheklangan fuqarolarga xizmat ko’rsatiladi va oziq-ovqat uchun yo’nalitrilgan mablag’lar ularning nafaqalariga qo’shib beriladi.
Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev so’z olib, barcha soha vakillari zimmalariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarishi kerakligini ta'kidladi. Chunki soha xodimlari eng avvalo, keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko’rsatadilar.
Tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov ham o’z navbatida mazkur sohada o’rganish va monitoring olib borilganligi, soha vakillari orasida o’z vazifasiga sidqidildan yondoshadigan xodimlar borligi, biroq, vazifasiga sovuqqonlik bilan qaraydigan insonlar ham borligini alohida qayd etib o’tdi. Tadbirda sohaning sodiq, fa'ol vakillarini munosib rag’batlantirish, mas'uliyatsizlarga nisbatan qonunda belgilangan choralarni ko’rish lozimligi ham ta'kidlandi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram