Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLALARDAN DARAKLAR

×

 2022-11-10 18:11:58    117

PDF yuklash
Chop etish


Mahallalardan daraklar

Bugun tumanimizning barcha hududlarida keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Yog’ingarchilik xalqimiz g’ayrati va shashtiga salbiy ta'sir o’tkazayotgani yo’q.

1-sektor hududida ayni kunda “Yashil makon” umumimilliy loyihasi asosida daraxt ekish bo’yicha e'lon qilingan xayrli aktsiya - “Dolzarb 40 kunlik” doirasida amaliy ishlar olib borilyapti. Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini mutasaddilari “yashil hududlar” uchun belgilangan hududlarda qalamcha ekish ishlarini avj oldirishgan. Bunday yumushlar Qal'acha mahallasida ham olib borilyapti. Mahalla raisi Fayoziddin Tojiddinovning so’zlariga ko’ra, mahallning barcha hududlariga bugungi kunda terak qalamchalari va tuman hokimligi tomonidan berilgan archalar aholi tomonidan o’tqazilyapti.

Qal'achada bugungi kunda “Obod qishloq” dasturi doirasida ham ishlar jadal olib borilyapti. Mahallaning ichki ko’chalarida tuman elektr tarmoqlari korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan sohadagi muammolarni bartaraf etish maqsadida temir-beton tayanchlar o’rnatilishi amalga oshirilmoqda va bu ishlarda aholi ham yaqindan ko’makchi bo’lishayotir.

Lenbur mahalla fuqarolar yig’ini raisi G’ayratjon Ne'matovning ma'lumotiga ko’ra, mahallada ichimlik suvi tarmog’i tortish ishlari 98 foizga bajarilgan. Bugun soha vakillari mahallada ichimlik suvi minorasi barpo etishga kirishgan va agar mahallada bu inshoot qurib bitkazilsa, barcha Lenburliklar ichimlik suvi bilan to’liq ta'minlanadilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram