Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SHARQIY HARBIY OKRUG QO’SHINLARI QO’MONDONI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

×

 2022-11-10 18:10:14    73

PDF yuklash
Chop etish


Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Bugun tuman madaniyat markazining majlislar zalida Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni Lutfulla Buzrukov ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, ularning maslahatchilari, hokim yordamchilari, mahallalarda fa'oliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlari qatnashdi.

Uchrashuvni ochib bergan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tumanda bevosita harbiylar bilan o’zaro mustahkam hkakorlik samaralari haqida gapirib, bunday hamkorlik natijasi xalqimiz manfaatiga hizmat qilayotganini alohida ta'kidladi. Berilayotgan e'tibor tufayli bugun tumanda o’z farzandlik burchini ado etayotgan harbiylar halq bilan hamisha hamnafas ekanligi ham ta'kidlab o’tildi.

Qo’mondon Lutfulla Buzrukov ham o’z so’zida armiya va halq birdamligining mustahkamligi tinch va osoyishta zamon natijasi ekanligini qayd etdi. So’zining davomida mahallalarda bevosita “beshlik” bilan hamkorlik qilish, aholi murojaatlari bilan ishlash va ularning yechimi ustida astoydil harakat qilish, “Daftar”lardagi fuqarolar bilan bevosita manzilli ishlash, jamiyatda sog’lom turmush tarzini shakllantirishda o’zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, “Inson qadri uchun” tamoyilini amaliy ishlar bilan hayotda tatbiq etish muhim vazifa ekanligini alohida ta'kidladi.

Tadbir davomida Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni Lutfulla Buzrukov tuman hokimi, ichki ishlar sohasi polkovnigi Sayidbahrom Sayidmusayevga O’zbekiston mudofaa vazirining buyrug’iga asosan ta'sis etilgan 3-darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko’krak nishonini tantanali tarzda taqdim etdi. Shuningdek, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i, podpolkovnik Qosimjon Rahimberdiyevga ham 2-darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko’krak nishoni topshirildi. Mazkur mukofot ichki ishlar xodimlarining kasbiy bayrami munosabati bilan sohada fa'ol bo’lgan xodimlarga topshiriladi.

Eslatib o’tamiz, tuman ichki ishlar bo’limi xodimi, podpolkovnik Ravshanjon Dodoboyevga soha vakillarining kasbiy bayrami munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug’iga asosan ta'sis etilgan 1-darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko’krak nishoni taqdim etilgan edi. Mukofotni Ravshajon Dodoboyevga Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov taqdim etgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram