MAHALLA MUTASADDILARINING FAOLIYATI O’RGANILYAPTI
2022-11-10 18:04:57 107
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 27-sonli “O’zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi kontseptsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” Farmoni va Vazirlar Mahkamasining №565-sonli qarori hamda viloyat IIBning 26.09.2022 yil kunidagi №2093-sonli nazorat varaqalari ijrosini ta'minlash maqsadida So’x tumani ichki ishlar bo’limi boshlig’i, polkovnik Qosimjon Raximberdiyev boshchiligida tumandagi mavjud mahalla fuqarolar yig’inlarining beshligi (mahalla raisi, profilaktika inspektori, xokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi) faoliyatlarini tahlil etish bo’yicha tuzilgan ishchi guruhi tomonidan ularning faoliyatlarini o’rganish ishlari davom ettirilmoqda.
O’rganish davomida mahallada beshlik tomonidan o’zaro hamkorlikda olib borilayotgan amaliy ishlar tahlil etilib, hududda huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan amaliyotlar o’rganilmoqda. So’x tumani IIB JXX HPB HQMB katta inspektori, podpolkovnik Shahnoza Shodmonovaning so’zlariga ko’ra, mazkur o’rganishlar samarasi o’laroq, mahallada faoliyat olib borayotgan mutasaddilarning o’zaro mustahkam hamkorligi ham ta'minlanayotir.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram