Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DOLZARB MASALAGA BAG’ISHLANGAN O’QUV-SEMINAR BO’LIB O’TDI

×

 2022-11-10 18:00:42    127

PDF yuklash
Chop etish


Respublikamizda “Inson qadri uchun” tamoyilini amalda tatbiq etish, aholini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, bolalar nafaqasi va ko’p bolali, kam ta'minlangan oilalarga davlat tomonidan beriladigan pul mablag’larini maqsadli yo’naltirish bo’yicha keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda va bu islohotlar fuqarolar manfaatini himoyalashga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir. Bugun tuman madaniyat markazi majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-oktyabrdagi №02/1-1162-son topshiriq xati asosida tashkil etilgan ishchi guruhi a'zolari ishtirokida o’quv seminar bo’lib o’tdi.

Seminarda tumandagi kam ta'minlangan oilalar farzandlariga beriladigan bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullari yuzasidan aholi muammolarini mahallabay hal etish, ushbu jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan korruptsiyaviy xavf-xatarlarni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish orqali murojaatlar sonini kamaytirish bo’yicha kelishib olindi.

Seminarda so’z olgan So’x tumani hokimligi vakillari, mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash tuman bo’limi boshlig’i Abdushukur Turaboyev, tuman BTPJ bo’limi boshlig’i Sayidali Temiraliyevlar so’zga chiqib, yig’ilganlarga seminarni takshkil etishdan asosiy maqsad nimalardan iboratligini tushuntirishdi. Oxirgi paytlarda sayyor qabullarda va fuqarolar murojaatida ushbu masala ko’payib borayotganligi, fuqarolarga bu bo’yicha aniq ma'lumotlar yetkazishda mahalla tizimidagi barcha mutasaddilar mas'ul ekanligi qayd etiib o’tildi.

Seminarda tumandagi mahalla fuqarolar yig’ini raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, “Ishchi guruh” tarkibidagi tashkilot mas'ullari ishtirok etdi. Masala yuzasidan tadbir ishtirokchilari ham o’zlarining fikr-mulohazalarini bayon etdilar va ushbu yo’nalishda hamkorlikda ish olib borish bo’yicha takliflar o’rtaga tashlandi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram