SEKTOR BINOSIDA YANGI TIKUVCHILIK TSEXI ISH BOSHLAYDI VA SIZ O’ZINGIZ YOQTIRGAN LIBOSLARGA FARMOYISH BERISHINIGIZ MUMKIN BO’LADI
2022-11-09 16:31:46 157
Tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sayidbahrom Sayidmusayev sektor binosida tashkil etilgan tikuvchilik o’quv kursi tinglovchilari bilan uchrashib, bu yerda yaratib berilgan sharoitlardan samarali foydalanishning bugungi holati va o’quv jarayoni bilan tanishdi. Eslatib o’tamiz, tuman hokimi tashabbusi bilan sektor binosidagi bo’sh xonalar bugun tikuvchilarga berilgan va o’nlab xotin-qizlar bu yerda tikuvchilik sir-asrorlarini yetakchi mutaxassislardan o’rganishmoqda va qizlarning tadbirkorligi uchun ham bu yerda shart-sharoitlar zaruriyligicha yaratib berilgan.
Tuman hokimi tashabbusi va da'vati bilan bugun tumanimizga Beshariq tumanidan yetakchi mutaxassis - tikuvchilar kelishdi va o’quv markazi sharoitlari bilan yaqindan tanishib, bu yerda mavjud bo’lgan barcha tikuv mashinkalari ish jarayonini ko’zdan kechirdilar. Tuman hokimi tashabbusi bilan sektor binosida yangi tikuvchilik tsexi tashkil etiladi va kelishuvga binoan Beshariqlik tikuvchilar 10 kundan so’ng mazkur tsexda ish faoliyatini boshlaydilar va tumanimiz aholisi o’zlariga xohlagan libos va sarpolarni farmoyish orqali olishlari mumkin bo’ladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram