Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA “YASHIL MAKON” UMUMIMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA YIL OXIRIGACHA 118 000 TO’P YANGI KO’CHAT EKILADI

×

 2022-11-09 16:29:39    63

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimizda “yashil makon” umumimilliy loyihasi doirasida jami 315 000 dona mevali va manzarali daraxtlar ko’chati ekilishi rejalashtirilgan. Bundan kuz mavsumida 118 000 ming dona va bahor mavsumida 197 000 dona ko’chatlar o’tqazilishi belgilangan.

Bugungi kunda daraxt va buta ko’chatlarini ekish bo’yicha “dolzarb 40 kunlik” doirasida ishlar olib borilayotgan bo’lib, tuman shtabi tomonidan ekilgan har bir ko’chatni hisobga olish, parvarishi uchun mas'ul biriktirish ishlari yo’lga qo’yilgan. Ayni kunda sektorlar kesimidagi mahallalarda tumanga olib kelingan archa daraxti ko’chatlari ekilmoqda.

- Bizning mahallamizga ham ekish uchun reja asosida archa kao’chatlarini yetkazib berishdi. Prezidentimizning oldimizga qo’ygan talablarini ijro etish maqsadida belgilangan hududlarga ushbu ko’chatlarni o’tqazmoqdamiz, - deydi Lenbur mahalla fuqarolar yig’ini raisi G’ayratjon Ne'matov.

Ushbu xayrli tadbirda keng jamoatchilik fa'ollik bilan ishtirok etishayotir. So’x tumani 1-sektori hududida fa'oliyat olib borayotgan hokim yordamchilari tashabbusi bilan hashar tashkil etildi va Qal'acha mahallasining Javpaya massiviga yangi mevali daraxtlar ko’chati o’tqazildi. Barcha hokim yordamchilarining rahbari G’anijon Melnikovning so’zlariga ko’ra, bu tashabbusni barcha hududdagi hokim yordamchilari qo’llab-quvvatlab, ushbu xayrli aktsiyada fa'ol ishtirok etishmoqda.

Quva tumanida bo’lgan tuman hokimi o’rinbosari Sodiqjon Murzoyev va tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidov mazkur tuman o’rmon xo’jaligi mutasaddilari bilan uchrashib, So’x tumaniga manzarali daraxtlar, asosan archa ko’chatlarini olib kelish xususida muloqot qilishdi. Ayni paytda tumanimizga 2 000 donan ortiqroq archa ko’chatlari olib kelindi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram