YAXSHILIKNING CHEGARASI BO’LMAYDI
2022-11-09 16:26:56 138
Aytish lozimki, yo’lga qo’yilgan o’ziga xos tizim va olib borilayotgan samarali ishlar tufayli fuqarolarimiz tomonidan qilingan murojaatlar o’z yechimini topmoqda va ko’ndalang bo’lib qolgan muammolar bartaraf etilyati. Qilingan murojaatlarning aksariyat qismi moddiy yordamni tashkil etadi.
Navobod mahalla fuqarolar yig’ini Malbut qishlog’i, “Malbut” ko’chasi, 39-uyda yashovchi fuqaro, ikkinchi guruh nogironi Samejon Ayubovning tuman hokimiga qilgan murojaati yuzasidan “Mahalla” xayriya jamoat fond raisi Rasuljon Mirsaidov boshchiligida tashkil etilgan komissiya tomonidan o’rganishlar olib borilib, murojaat qilgan fuqaro farzandini xatna tuyini o’tkazish uchun “Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshidagi “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan kiyim-kechak va to’yga kerakli mahsulotlar olinib, fuqaroga manzilli yetkazib berildi.
So’x tuman Husher mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro Sidirali Jobirov, Qaqir mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Muhibjon Jumaboyevlarning murojaatlari ham o’rganilib, “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisob-raqamidan yurak jarrohlik amaliyotini o’tkazish uchun shartnomalar asosida 20 milllion so’mdan iborat pul mablag’lari “Abu Bakr ar Rozi medservis” klinikasi hisob-raqamiga o’tkazib berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram