Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2022-11-08 17:53:07    119

PDF yuklash
Chop etish


Bugun tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi 62-sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tuman hokimi, Kengash raisi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligidagi navbatdagi sessiyada qo’yidagi masalalar muhokama etildi:

        1. Tumanda 2022 yil 9-oyida “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish” Davlat dasturi (Yul xaritasi) ni ijrosi to’g’risida.

        2. Tuman IIB-ning 2022 yil 26-oktyabrdagi №44/7-25-25 sonli xati (O’mumiy o’rta ta'lim maktablarida o’quvchilar tomonidan uyali aloqa vositalari (telefon)-dan foydalanishga ro’xsat bermaslik) to’g’risida.

        3. Xalq deputatlari Viloyat Kengashining 2022 yil 10 oktyabrdagi VI-50-139-11-0-K/22-sonli qarori asosida tumanda yangi kichik va yoshlar sanoat zonalarini tashkil etish hamda mavjudlari fa'oliyatini yanada takomillashtirish haqida.

        4. So’x tumanida hududiy sektorlar va tashkilot rahbarlari tomonidan o’yma-o’y yurish, ijtimoiy va boshqa obektlarni o’rganish orqali muammolarni aniqlash hamda hal qilinishi, murojaatlar bilan ishlash holati.                                                                                  

        5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1-martdagi PF-81-sonli “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni o’z vaqtida sifatli ijrosini ta'minlash maqsadida sektorlarda qilinayotgan ishlar to’g’risida.

        6. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organi fa'oliyatini kuchaytirishga ko’maklashuvchi komissiyasini 2002 yil 21 oktyabrdagi Majlisi bayoni hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlarining fa'oliyat samaradorligini baholash mezonlari hamda tartibi to’g’risidagi Nizom haqida ma'lumot.

        Sessiya kun tartibiga qo’yilgan masalalar yuzasidan ma'lumot berilib, sessiya kotibi saylandi va shundan so’ng deputatlar kun tartibidagi masalalarni mahokama etishga kirishdilar.

        Kun tartibiga qo’yilgan birinchi masala yuzasidan deputatlar tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyevning hisobotini eshitdilar. Ilhomjon Tojiboyev masala xususida ishtirokchilarga to’liq ma'lumot yetkazdi.

        Ikkinchi masala yuzasidan so’z navbati tuman ichki ishlar boshlig’i Rahimberdiyev Qosimjon Karimberdiyevichga berildi va tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i ushbu dolzarb muammo haqida o’z fikrlarini bildirib, uyali telefon vositalari maktabda tahsil olayotgan o’quvchilarga salbiy ta'sir ko’rsatayotganini qat'iy misollar orqali tushuntirdi. Maktabda dars jarayonlariga o’quvchilar tomonidan uyali aloqa vositasi - telefon olib kirmaslik bo’yicha umumta'lim maktablar direktorlari ham o’zlarining fikr-mulohazalarini bildirib, ushbu taklifni qo’llab-quvvatlashdi.

        Tuman hokimi o’rinbosari o’rinbosari Safarov Adhamjon Murodjonovich sessiya ishtirokchilariga tumanda tashkil etilgan kichik sanoat zonalari xususida axborot berib, tumanda yangi kichik va yoshlar sanoat zonalarini tashkil etishga doir olib borilayotgan ishlar xususida ma'lumotlar yetkazdi.

        O’zbekiston Respublikasi Prezidenti  Xalq qabulxonasi tuman bo’limi mudiri Botirov Mamurjon Shokiraliyevich sessiya davomida kun tartibidagi to’rtinchi masala yuzasidan axborot berib, sektorlarda aholi murojaati bilan ishlash bo’yicha olib borilayotgan ishlar xususida gapirdi.

        Deputatlar navbatdagi beshinchi masala yuzasidan tuman hokimi o’rinbosari Safarova Madinaxon Haydarovnaning hisobotini tinglashdi. Hokim o’rinbosari derutatlarga bu bo’yicha aniq ma'lumotlar yetkazdi.

        Sessiya davomida So’x tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidov mazkur fond tomonidan berilgan mablag’lar xususida ma'lumot berdi. Kumak berilishi lozim bo’lgan ehtiyojmand fuqarolar ro’yixati shakllantirilgani va bu fuqarolarga salkam 400 million so’m mablag’ lozimligi qayd etildi va bu mablag’ning asosiy qismi homiylik mablag’lar hisobidan shakllantirilishi ta'kidlandi.

        So’ng sessiyada oxirgi – oltinchi masala ko’rib chiqildi. Xalq deputatlari So’x tumani Kengashi kotibiyat mudiri Jumayev Masudjon Ma'rufjonovich sessiya qatnashchilariga yangi Nizom haqida to’liq ma'lumot berdi.

        Sessiya kun tartibiga qo’ilgan masalalar bo’yicha ishtirokichlar ham o’zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, sessiya ishiga yakun yasaldi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram