NAVOBODDA HAM ICHKI KO’CHALAR ASFALTLASHTIRILADI
2022-11-08 17:51:25 138
Navobod mahalla fuqarolar yig’ini hokim yordamchisi Ma'murjon Bobomirhisenovning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, mazkur mahalla hududida ham Prezidentimizning 408-sonli qarori asosida infratuzilma bilan bog’liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish uchun keng ko’lamli ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Olib borilgan o’rganishlar natijasida mahallada qilinishi lozim bo’lgan eng dolzarb muammolar ham aniqlangan.
Bugun mazkur mahalla fuqarolar yig’inida tuman prokurori, 2 sektor rahbari Sadirali Mirzokarimov boshchiligida mahalla faollari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda mahallaning infratuzilmasini yaxshilash va aholiga qulayliklar yaratish maqsadida 2022 yil yakuniga qadar Navobod mahallasi hududidagi jami uzunligi 3.5 km bo’lgan ko’chalarni asfaltlash uchun davlat byudjetidan 2 milliard 100 million so’m mablag’ ajratilgani haqida tuman prokurori ma'lumot berdi.
Berilayotgan e'tibor uchun mahalla ahli ham minnatdorchilik bildirdilar. Bo’layotgan barcha ishlarda ishtirokchi bo’lish va ularga nisbatan xayrixoh bo’lish har bir fuqaro uchun zaruriy amal ekanligi ta'kidlandi.
Aytish lozimki, mahallada bartaraf etilishi shart bo’lgan muammolardan biri ichki ko’chalarni ta'mirlash, ya'ni betonlashtirish va asfaltlashtirish kabi ishlar tashkil etadi. Eng quvonarlisi, xalqimiz oldida ko’ndalang bo’lib turgan muammo va kamchiliklar mana shunday e'tibor tufayli o’z yechimini topmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram