Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLALAR INFRATUZILMASINI YANADA YAXSHILASH MAQSADIDA O’RGANISH ISHLARI OLIB BORILYAPTI

×

 2022-11-08 17:49:44    132

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbari e'tibori doirasida Resupublikamiz hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari aholi turmush sharoitini yaxshilash, fuqarolarga har tomonlama qulayliklar yaratib berishga qaratilgan. Prezidentimizning 2022 yil 25 oktyabrda qabul qilgan 408-sonli “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ham ayni shu ezgu maqsadlarni o’zida mujassam etgan. Mazkur qaror asosida respublika hududlarini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog’liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda ichki yo’llar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz ta'minotini, ta'lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma ob'ektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishdek amaliy ishlar bajarilishi belgilangan.

 

Tumanimizning 1-sektori hududida ham bevosita ushbu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida tuman hokimi boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan o’rganish ishlari olib borildi. Mutasaddilar hududlarda bo’lishib, bevosita aholi bilan uchrashib, mazkur qaror mazmun-mohiyatini tushuntirishdi va manzilli rejaga qiritilgan ob'ektlar ham ko’zdan kechirildi.

 

Farg’ona viloyatida 2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshiriladigan ob'ektlarning manzilli ro’yxatiga asosan 1-sektor hududidagi 4 ta mahallada obodonlashtirish ishlarini amalga oshiriladi. Bunday ezgu ishlarga jami bo’lib, 12 milliard 367 million so’m mablag’ ajratilishi belgilangan.

 

Ishchi guruh sektorning Tul, Sohibkor, Lenbur va G’aznov mahalallarida bo’lib, asosan rejaga kiritilgan ichki ko’chalarga kirishdi, aholi bilan bu bo’yicha suhbatlar qilindi, barchaga ushbu ezgu maqsadning muddoasi tushuntirib berildi. Eslatib o’tamiz, ayni kunda Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inida “Obod qishloq” dasturi asosida keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

 

Tasdiqlangan manzilli rejaga asosan mazkur mahalallarning ichki ko’chalarida asfaltlashtirish va betonlashtirish ishlari olib boriladi, So’x daryosi havzasi hududida joylashgan mahalallarda esa, daryo qirg’oqlarini mustahkamlash ishlari olib boriladi. Ishonchimiz komilki, mana shunday e'tibor va g’amxurliklar tufayli tumanimizning hududlarida keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari olib borilib, xalqimizning turmush sharoitni yaxshilash va farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram