KUZ-QISH MAVSUMI OLDIDAN TARG’IBOT ISHLARI O’TKAZILMOQDA
2022-11-07 16:32:11 151
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish doirasida tumanimizda ushbu mavsumda yuzaga kelishi ehtimoli bor bo’lgan holatlarni oldini olishga qaratilgan tadbirlar hududlarda targ’ibot-tashviqot tarzida keng olib borilmoqda. Zero, ushbu mavsumda isitish tizimidagi nosozliklar va noqonuniy deb topilgan asbob-uskunalardan foydalanish ko’p salbiy oqibatlarga olib keladi. Shuningdek, ovqatdan zaharlanish ham bugun aholi o’rtasida ko’p uchramoqda.
So’x tumani favqulodda vaziyatlar bo’limi vakillari ishtirokida bo’lib o’tayotgan tadbirlar ayni shu holatlarni oldini olishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir. So’x tumani, Navobod mahalla fuqarolar yig’inidagi Malbut qishlog’ida joylashgan 6-sonli umumiy o’ra ta'lim maktabida bo’lib o’tgan tadbirda maktab pedagogik jamoasi ishtirok etdi va soha vakillari tomonidan ta'lim dargohining istitish tizimi va elektr energiyasi manbalari ko’zdan kechirildi.
Yong’inga qarshi kurash, is gazidan zaharlanishni oldini olishga qaratilgan tadbir Qizilqiyoq mahallasi hududidagi harbiylar shaharchasida yashaydigan fuqarolarga ham ayniqsa, manzur bo’ldi. Fuqarolarga kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi ehtimoli bor bo’lgan holatlarni oldini olishga qaratilgan harakatlar amaliy mashqlar orqali namoyish etildi.
Harbiylar yashaydigan xonadonlarda is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olishga qaratilgan yo’riqnomalar o’tkazildi. Fuqarolarni ushbu holatlarda ogoh bo’lishlari uchun eslatmalar tarqatilib, barcha harbiy qism hududlari va ayniqsa turar joylarning maxsus burchaklariga yopishtirildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram