Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QAL'ACHA MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI

×

 2022-11-07 11:34:56    43

PDF yuklash
Chop etish


        Tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inida navbatdagi sayyor qabul o’tkazildi. Sektor ishchi guruhi a'zolari, korxona-tashkilot rahbarlari ishtirok etgan mazkur qabulda fuqarolar murojaatlari tinglanib, bildirilgan muammo va kamchiliklar yechimi bo’yicha chora-tadbirlar belgilandi.

        Qabul avvalida tuman hokimi mahallada "Obod qishloq" dasturida keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgani xususida gapirdi. Mahallada qilingan va qilinayotgan ishlar davlatimiz rahbari e'tibori asosida bo’layotgani qayd etildi. Bo’layotgan barcha ishlarga javoban har bir fuqaro ham o’z manzili obodligiga hissa qo’shish lozimligi ta'kidlandi. E'tiborga nisbatan xayrixoh bo’lish insoniylikning nishonasi ekanligi aytib o’tildi.

        Mahalla fuqarolarining asosiy qismi Javpaya massivida issiqxonalar barpo etgan fuqarolar bo’lib, murojaatlarning asosiy qismi ham ushbu masalaga bag’ishlandi. Issiqxonalarga elektr energiyasini ta'minlab berish bo’yicha qilgan murojaatga tuman ETK vakili javob berib, ushbu murojaat qonunda belgilangan tartibda ijro etilishini ma'lum qildi.

        Qilingan boshqa murojaatlar - ichki ko’chalarni obodonlashtirish, ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash, sug’orish tizimidagi muammolarni bartaraf etish, ish joyi bilan ta'minlash, elektr energiyasi bilan bog’liq bo’lgan muammolarni bartaraf etish kabi murojaatlarga joyida munosabat bildirildi. Qal'acha mahallasidagi "Mehnatkash" ko’chasida yashovchi bir guruh fuqarolar ushbu ko’chaga yangi va zamonaviy temir-beton tayanchlar o’rnatilishi yuzasidan murojaat etdilar. Ushbu masala yuzasidan tuman hokimi soha mutasaddilariga topshiriq berdi va mahallaga 25 dona temir-beton tayanchlar olib kelinishi ma'lum qilindi.

        Sayyor qabul davomida mahallada olib borilayotgan ishlar, jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan amallar muhokama etildi. Qabul davomida hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va mahalla mutasaddilari faoliyati ham tahlil etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram