Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUROJAAT IZIDAN

×

 2022-11-07 11:32:33    119

PDF yuklash
Chop etish


Aholi, ayniqsa, xotin-qizlar murojaatlari bilan ishlash, ularga har doim yordam qo’lini cho’zish va ularning murojaatlarini ijobiy hal etish kunning dolzarb mavzularidandir. Ushb yo’nalishda So’x tumanida ham amaliy ishlar qilinmoqda.

Zangat mahalla fuqarolar yig’ini, “Vatanparvar” ko’chasi, 31-uyda yashovchi, Quziboyeva Hadiyaxon Abdulaxatovna tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy kunikma markaziga moddiy yordam so’rab murojaat etgan. Qilingan murojaat yuzasidan tuman hokimining birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev, tuman hokimi o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Madinaxon Safarova, ichki ishlar bo’limi JXX XPB xotin-kizlar buyicha katta inspektori, podpolkovnik Shodmonova Shaxnoza Dadaxujayevnalar ishtirokida fuqaroning sharoiti tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy kunikma komissiyasi bosh mutaxassisi N. Ibrohimov uning a'zolari tomonidan o’rganilib, suhbat o’tkazildi.

O’rganish natijasida mazkur fuqaro haqiqatan ham, moddiy qo’llab-quvvatlashga muhtoj ekanligi aniqlandi va unga har tomonlama amaliy kumak ko’rsatish lozimligi qayd etildi. Fuqaroga eng kam oylik ish haqining 5 barobari, ya'ni 1 500 000 (bir million beshyuz ming) so’m miqdorda moddiy yordam ko’rsatildi. Quziboyeva Hadiyaxon qilgan murojaatidan qoniqqanligi hamda Prezidentimiz tomonidan qaratilayotgan e'tiborlari uchun o’z minnatdorchiligini bildirdi.

        So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram