SARIKANDA MAHALLASI OBOD BO’LMOQDA
2022-11-07 11:30:49 122
Hududlarda, tumanimizning mahalla fuqarolar yig’inlarida olib borilayotgan obodonlashtirish va qurilish-ta'mirlash ishlari xalqimizni og’irini yengil qilish va fuqarolarimizga munosib yashash sharoitlarini yaratib berishga qaratilgan. Aytish lozim, ushbu yo’nalishda Sarikanda mahalla fkqarolar yig’inida ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.
Mahalla fuqarolar yig’ini aholisi ishtirok etgan navbatdagi yig’ilishda mahalla raisi Bahodir Safoyev Sarikandaliklarga hududda olib borilgan ishlar xususida ma'lumotlar berdi. 4-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lib o’tgan mazkur tadbirda mahalla ahli kamchilik va muammolar xususida ham murojaat etdilar.
Mahalla qabristonida bo’lib o’tgan navbatdagi uchrashuvda bo’lib o’tayotgan barcha xayrli ishlar, qilinayotgan ezgu amallar va berilayotgan barcha e'tibor uchun minnatdorchilik bildirishni unutmaslik, barcha ishlarga xayrixoh bo’lish lozimligi din vakillari tomonidan ta'kidlandi. Bugungi kun talabi – bo’layotgan o’zgarishlarga tomoshabin emas, balki o’sha ishlar ishtirokchisi bo’lish ekanligi ham ta'kidlab o’tildi.
Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev, tuman prokurori, ikkinchi sektor rahbari Sadirali Mirzokarimovlar Sarikanda mahallasida bo’lishib, bu yerda olib borilayotgan ishlarni ko’zdan kechirdidlar. Mahalla ahli bilan bo’lib o’tgan suhbatlarda muammo va kamchiliklar ham o’rganildi.
Ma'lumotlarga ko’ra, oxirgi oylarda mahalla hududidagi ichki ko’chalarda obodonlashtirish ishlari olib borildi. “Gulirayhon” ko’chasiga 500 metr masofaga ichimlik suvi tarmog’i tortilgan bo’lsa, “Baliqchi” ko’chasiga yotqizilgan asfalt qoplamasi 450 metrni tashkil etadi. Bunday ishlar mahallada bundan keyin ham davom ettirilishi tuman hokimi tomonidan qayd etildi.
“Saidaxon Solihaxon” oilaviy korxonasida bo’lgan rahbarlar mazkur korxona rahbari, yosh tadbirkor Nasimjon Safoyev bilan uchrashdilar. Tadbirkor asosan qurilish va butlovchi qismlar ishlab chiqarilayotgani, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xaridorligi xususida ma'lumot berdi. Ichimlik suvi tarmog’i uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va boshqa qurilish-montaj mahsulotlari tadbirkor tomonidan buyurtmachilarga bevosita yetkazib berilmoqda. Tadbirkor bugun 6 nafar yoshlarni ish bilan ta'minlagan.
Darhaqiqat, bo’layotgan o’zgarishlarda tadbirkor va saxovatpesha insonlarning ham hissalari beqiyos. Mana shunday ahillikdagi ishlar va xayrixohlik tufayli So’x yanada obod va ozoda go’shaga aylanishi ayni haqiqatdir.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram