Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QILINGAN HARAKAT O’Z SAMARASINI BERMOQDA

×

 2022-11-05 17:33:22    56

PDF yuklash
Chop etish


Ikki kunlik yog’ingarchilikdan so’ng bugun Qal'acha mahallasining Javpaya massivida yana ishlar jonlandi. Ayni kunda mazkur massivning yuqori qismida yangi yerlar o’zlashtirilmoqda.

Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tashabbusi bilan Javpayaning pastki qismida issiqxonalardan tashqari yangi bog’ tashkil etilgan va mazkur bog’ga asosan anor ko’chatlari o’tqazilgan. Bu yili sinov tariqasida mazkur bog’ qator oralariga arpa ekini ekildi. Mazkur ziroatning yaxshigina o’nib chiqgani harakat qilsa, albatta, barakatga ega bo’lishlikning yana bir yorqin misolidir.

Bugun tashkil etilgan bog’ga va ekilgan ekin maydonlariga mahalliy o’g’it olib chiqilib, hashar tariqasida sepildi. Mutaxassislar nazorati ostida amalga oshirilgan mazkur yumushning natijadorligi tushuntirildi.

Hasharga o’z tashabbuslari bilan chiqgan bir guruh mudofaa ishlari bo’limi vakillari Javpayada haqiqatan ham ulkan ishlar qilinganiga guvoh bo’ldilar. Tashkil etilgan hasharda o’z tashabbuslari va faollik bilan qatnashgan mudofaa ishlari bo’limi va soha xodimlariga tuman hokimi o’z minnatdorchiligini bildirdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram