MUSTAQILLIKDAN SO’NG 25 YIL QIYNALGAN TO’RT NAFAR FUQARONING BUGUN QUVONCHI CHEKSIZ
2022-11-04 17:14:55 138
Prezident Shavkat Mirziyoyevning xalq manfatini o’ylab qabul qilayotgan qaror va farmonlari chindan ham aholini rozi qilishda, ularni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mustaqillikning 25 yili fuqaroligi bo’lmagan so’xlik vatandoshlarimizga juda qiyin kechgani sir emas. Zero ular shuncha yil So’x tumanidan tashqariga chiqa olmadi.
So’ngi besh yilda 200 dan ortiq fuqaroligi bo’lmagan so’xlik yurtdoshlarimizga fuqarolik pasporti berildi.
Kuni kecha yana to’rt nafar fuqaroligi bo’lmagan so’xliklarga fuqarolik pasportini tantanali tarzda So’x tumani hokimi hamda tuman IIB bo’limi boshlig’i topshirdilar.
Fuqarolik pasportlarini qo’llariga olgan to’rt nafar yurtdoshlarimiz – Rovon mahallasidan Maftuna Latipova, Chumoqchalik Hasanxon Karatayev, Hazrati Ali mahallasida yashovchi Dilorom Islomova va Zangatlik E'tibor Madaliyevalar bunday e'tibor uchun samimiy minnatdorchilik bildirdilar. Bu fuqarolarga ID-kartalar bilan birga xorijga chiqish fuqarolik pasportlari ham rasmiylashtirib berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram