Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 77 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ENGIL AVTOMOBILDA YO’LOVCHI TASHISH LITSENZIYA VARAQASINI OLISHNING TARTIBIDAN XABARDORMISIZ?

×

 2022-11-03 18:12:10    141

PDF yuklash
Chop etish


Bunda haydovchi avvalo Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali  (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy bo’limiga borgan holda o’zini o’zi band bo’lgan shaxs sifatida ro’yxatdan o’tishi lozim. Ro’yxatdan o’tish va guvohnoma olish bepul.

So’ngra haydovchi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda, yengil avtomobilda yo’lovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun 1 yilga 300 ming so’m davlat boji to’lab, litsenziya varaqasi oladi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qo’llaniladi, ya'ni 270 000 so’m to’lashning o’zi yetarli.

O’zini o’zi band qilgan shaxs sifatida ro’yxatdan o’tgan haydovchi rasmiy ish stajiga ega bo’lishni istasa, ixtiyoriy ravishda 1 yil uchun 300 ming so’m ijtimoiy soliq to’lashi mumkin. Takrorlab o’tamiz, ijtimoiy soliq to’lash o’zini o’zi band qilganlar uchun ixtiyoriy sanaladi.

                  Abdumanof Umridinov - So’x tumani adliya bo’limi

                                      Davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram