Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 125 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAYYOR QABULLARDA BILDIRILAYOTGAN MUROJAATLAR IMKONIYAT DARAJASIDA HAL ETILYAPTI

×

 2022-11-03 18:08:06    124

PDF yuklash
Chop etish


        Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev 1-sektor mahalallarida aholi bilan uchrashib, ularni muammo va kamchiliklarini o’rganish maqsadida belgilangan rejaga asosan sayyor qabullar o’tkazmoqda. Navbatdagi sayyor qabul Devayron mahalla fuqarolar yig’inida o’tkazildi.

        16-sonli umumiy o’rta talim maktabida olib borilayotgan ishlarni tahlil etgan tuman hokimi mahalla idorasida Devayronliklar bilan uchrashdi. Aytish lozimki, o’tayotgan yilning shu kuniga qadar mahallada obodonlashtirish va qurilish-ta'mirlash ishlari olib borildi.

        Yuzaga kelgan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha olib borilgan ishlar, ichimlik suvi ta'minotini yaxshilashga qaratilgan amallar, ichki ko’chalarning betonlashtirilishi, aholini qiynayotgan eng dolzarb muammolarni bosqichma bosqich hal etilayotgani, aholini ish bilan ta'minlash masalasi, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta'minlashga qaratilgan ishlar, keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari mahallada amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlardandir.

        Biroq, hali aholi va mahalla fuqarolarini qiynatyotgan muammolar va kamchiliklar yo’q emas. Ayni shu muammo va kamchiliklar xususida Devayron mahalla fuqarolari tuman hokimiga murojaat etdilar.

        1-sektor ishchi guruhi a'zolari ishtirokida bo’lib o’tgan sayyor qabulda barcha muammolar o’rganildi va ularni bartaraf etish choralari izlandi. Mahallaning yuqori qismida ichimlik suvi ta'minotidagi muammolar, mahalladagi maktabgacha ta'lim tashkiloti va ta'lim muassasasidagi muammolar, ichki ko’chalarni ta'mirlash, elektr energiyasi, tabiiy gaz ta'minotidagi muammolar, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida bank krediti olish, doimiy ish joyi bilan ta'minlash kabi masalalar murojaatlar asosini tashkil etdi. Barcha masalalarga nisbatan mutasaddi idoralar vakillari tomonidan munosabat bildirildi, masalalarning bir qismi qabul jarayonida hal etildi.

        Muddat talab etiladigan va ijrosi qiyin bo’lgan muammolarning yechimi bo’yicha chora-tadbirlar bayelgilanishi ta'kidlandi. Bildirilgan har bir muammo va murojaat manzilli o’rganilishi va hal etilishi yuzasidan ko’rsatmalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram