Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 77 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI VA 16-SONLI MAKTAB O’QUVCHILARINING OCHIQ MULOQOTI BO’LIB O’TDI

×

 2022-10-31 16:34:11    119

PDF yuklash
Chop etish


Respublikamizda ta'lim sohasiga berilayotgan e'tibor zamirida Vatanimizning kelajagi mujassam. Zero Vatan ravnaqi va uning taraqiyoti o’sib kelayotgan barkamol avlod qo’lidadir.

16-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi Devayron mahalla fuqarolar yig’inining Umbara qishlog’ida joylashgan. Mazkur ta'lim dargohida bo’lgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev maktabda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi, ta'lim dargohida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini ko’zdan kechirdi. Ta'lim-tarbiya jarayoni, o’qituvchi-pedagoglarni qiynayotgan muammo va kamchiliklar ham tuman hokimi e'tiboridan chetda qolmadi.

Mutasaddilar ishtirokida bir soat musiqa fani darsi tahlil etildi. O’quvchilar bilan yangi mavzu o’rganildi va amaliy ishlarni bajargan o’quvchilar va fan ustoziga minnatdorchilik bildirildi.

Munojot Homidjonova mazkur maktabda musiqa fanidan dars beradi. Mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda o’quvchilarga mazkur fan sir-asrorlarini o’rgatadi. O’quvchilarda ham musiqa faniga bo’lgan shavq-zavq o’zgacha.

– Bizga, musiqa fani xonasiga agar zamonaviy sintezator asbobini olinishida amaliy ko’mak bersangiz, o’quvchilarimiz mazkur fan sirlarini yanada chuqurroq o’rganishardi. Albatta, o’z sohamiz bo’yicha malakali o’quvchilarning tarbiyalashda astoydil intilamiz, - dedi Munojot Homidjonova tuman hokimiga murojaat etib.

Tuman hokimi ham o’z navbatida pedagog xodimlar tomonidan bayon etilgan har bir muammo va kamchiliklar amaliy ko’mak orqali bartaraf etilishini ta'kidlab, mazkur sinf jihozini zamonaviy tarzda tashkil etib berishni ta'kidladi. Buning uchun barcha sinf o’quvchilari tuman hokimiga minnatdorchilik bildirishdi.

Yuqori isinf o’quvchilari bilan bo’lib o’tgan suhbatdan so’ng tuman hokimi maktab o’quvchilari va pedagogik jamoa bilan uchrashdi. Maktab majlislar zalida ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

Ochiq muloqot davomida ta'lim sohasiga, ayniqsa, tuman talaba yoshlariga Prezidentimiz tomonidan berilayotgan e'tibor alohida ta'kidlandi. Mumtoz va zamonaviy shoir-yozuvchilar ijodidan namunalar keltirildi, o’quvchilar orasida o’ziga xos mushoira tashkil etildi.

Tuman hokimi maktab direktoriga televizor sovg’a qilib, bunday e'tibor va rag’bat an'anaga aylanib qolishiga umid bildirdi. Maktab o’quvchilari nomidan 11-sinf o’quvchisi Madina Marufjonova tuman hokimiga samimiy so’zlar bilan minnatdorchilik bildirdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram