Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 118 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI QONUN

×

 2022-10-31 16:28:41    121

PDF yuklash
Chop etish


        I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo’shiladi

        26.10.2022 yil kungi O’RQ 795-son Pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan Qonun Prezident tomonidan imzolandi

        Unga ko’ra, ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va o’rta tibbiy xodimlari – maxsus ish staji shaharchalar, qishloqlar hamda ovullarda kamida 25 yil bo’lgan taqdirda oxirgi ish joyidan qat'i nazar, belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo’ladi.

        I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo’shib hisoblanadi.

        I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo’lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

                  S.X.Temiraliyev - Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi

                                              So’x tumani bo’limi boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram