Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR VOLEYBOLCHILARI HAM 16-21 YOSH TOIFASIDA VILOYAT MIQYOSI MUSOBAQALARIGA YO’LLANMA OLDILAR

×

 2022-10-25 17:02:26    92

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunda tumanimiz hududlarida o’tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalari tumanimiz yosh iqtidor egalarini tanlashda asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda. Avval xabar berganimizdek, Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini voleybolchilari 22-26 yosh toifasidagilar o’rtasida tuman miqyosida tengsiz deb topildi va endilikda ushbu yosh iqtidor egalari viloyat miqyosida maydonga chiqishadi.

1-sektor hududida voleybol bo’yicha o’tkazilgan musobaqalar ham qizg’in kurashlar ostida o’tdi. Bellashuvlar natijasi bu sektordagi eng faol voleybolchilarni ham aniqlab berdi.

1-sektor hududida g’oliblikni qo’lga kiritgan G’aznov mahalla fuqarolar yig’ini yosh voleeybolchilari 16-21 yosh toifasidagi tengqurlari bilan viloyat miqyosida bellashadilar. Musobaqa g’oliblariga tashkilotchilarning esdalik va qimmatbaho sovg’alari bilan diplomlar ham taqdim etildi.

 - “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumiga yoshlarimiz o’ziga xos tayyorgarlik bilan kelganliklarini ularning harakatlaridan ham ko’rish mumkin. Endi tumanda g’olib bo’lgan jamoalar va yosh sportchilarni navbatdagi bosqichga tayyorlashimiz lozim, chunki viloyat bosqichida yoshlarimizning matonati va irodasi ham imtihondan o’tkaziladi, - deydi O’zbekiston Yoshlar ishlari Agentligi So’x tumani bo’limi boshlig’i Isojon Mastonov.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram