Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AMALIYOT JARAYONIDAN YOSH TIKUVCHI QIZLAR MAMNUN VA MINNATDOR

×

 2022-10-25 17:00:53    78

PDF yuklash
Chop etish


Aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularga zaruruiy shart-sharoitlarga ega doimiy ish joyi yaratib berish kunning asosiy masalalaridan biridir. Xususan, o’qib, tahsil olayotgan va kasb-hunar sir-asrorlarini o’rganayotgan yosh qizlarning bandligini ta'minlash eng dolzarb masala hisoblanadi.   

Tumanimizdagi kasb-hunar maktabidagi "Tikuvchilik" yo’nalishida tahsil olayotgan yosh qizlarimiz bugun amaliy mashg’ulotlarga kirishgan. Kasb-hunar maktabi o’quv dasturi rejasi asosida o’quv ishlab chiqarish amaliyotini yosh tikuvchilarimiz tumanimizning Devayron mahallasida fa'oliyat olib borayotgan "TRISTAR GO" tikuvchilik fabrikasida o’tkazmoqdalar.

Mazkur kasb-hunar maktabi muhandis-pedagogi Bahodir Murzojonovning ma'lum qilishicha ushbu yo’nalishda tekstil korxonasi bilan shartnoma tuzilgan bo’lib, hamkor korxona tuzilgan shartnoma asosida amaliyotchilarga qulay sharoit yaratib bergan va yosh tikuvchilar korxona tomonidan bepul tushlik, issiq ovqatlar bilan ta'minlaganlar. Shuningdek, korxonaga borib-kelish uchun avtobus ajratilgan va bu vosita qizlar xavfsizligini ta'minlab bermoqda.

O’quv amaliyotini o’tayotgan yosh tikuvchilar bunday e'tibor uchun samimiy minnatdorlik bildirishmoqda. Bunday e'tibor va rag’bat o’quvchilarni mas'uliyat bilan ishlash va kasb cho’qqilarini zabt etishlari uchun o’ziga xos motivatsiya bermoqda.  

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram